TSEZAR GAY YULIY

TSEZAR GAY YULIY (miloddan avvalgi 102 yoki 100-44) Rim diktatori (49, 48— 46, 45; 44 yildan umrbod), sarkarda, yozuvchi. Siyosiy faoliyatini demokratik guruh tarafdori sifatida boshlab, harbiy tribun (73), Edil (65), pretor (62) lavozimlarida bo’lgan. Konsullikka intilib, 60-yili Pompei va Krase bilan ittifoq tuzgan (1-triumvirat). Konsul (59), so’ngra Galliya noibi; 58— 51 yillarda butun Alp orti Galliyasini Rimga bo’ysundirgan. Krase vafotidan keyin 48 yil armiyaga tayanib, yakka hokimlik uchun kurash boshlagan. Pompei va uning tarafdorlarini 49— 45 yillarda tor-mor qilib, hokimiyat tepasiga chiqqan. O’z qo’lida respublikaning eng muhim lavozimlarini (diktator, konsul va boshqalar) jamlab, amalda rasmiy monarx bo’lgan. Respublikachilar fitnasi natijasida o’ddirilgan. «Galliya urushi haqida xotiralar» va «grajdanlar urushi haqida xotiralar» asarlari muallifi; kalendarni isloh qilgan (Yuliy kalendari).