TSIKL
TSIKL (Yunoncha kyklos — doyra) — 1) ma’lum vaqt ichida takrorlanib turadigan hodisa, jarayon va boshqalarning har bir davrasi (masalan, yillik Tsikl); 2) muayyan fanlar guruhi (masalan, tarixiy Tsikl); 3) bir butunni tashkil etuvchi bir qancha asar, ma’ruza, kontsert va shu kabilar majmui; 4) badiiy adabiyotda — turkum; 5) musiqada — turkumli musiqa shakli.