TSIRKON
TSIRKON (Zirkon; dastlab forscha — zargun deyilgan) — orolli silikatlar sinfiga mansub mineral, Zr[SiO4]. Aralashmalari tarkibiga ko’ra, Tsirkonning quyidagi: alvit Hf va Th bilan, oyamalit — TgvaR bilan, xagatalit — Th va Nb bilan, naegit — TR, Th, Nb, ta va boshqalar bilan bo’lgan turlari mavjud. Tarkibida Th, U, H2O (Th>U) bulgan metamiktli dipiramidal Tsirkonlar malakonlar, prizmatik (T1ki)lari — tsirtolitlar deb ataladi. Shaffof Tsirkon sariq, qo’ng’ir-qizil pushti rangda bo’lib, giasint deb, metakolloidli, kollomorflilari — arshinovit deb nomlangan. Tetragonal singoniyada kristallanadi. Granit, sienit hamda pegmatitlarda uchraydi. Rangi jigarrangsariq, pushti, ba’zan rangsiz. Ko’rinish darajasida shaffof. Radioaktivli, mo’rt. Olmossimon yaltiraydi, tiniq. Qattiqligi 7-8, zichligi 4,6—4,7 g/sm3. Tsirkon granat, nefelinli sienit va ularning effuziv analoglarini aktsessor minerali. Nurash jarayonida sochmalarga aylanadi. Sinonimlari: kaliptolit, xeldburgit, tsirkonit va boshqalar. Tsirkon — tsirkoniy va gafniy olishning asosiy manbasi. Sof Tsirkonli qumlar qolipga quyishda hamda olovbardosh, maxsus sopollarni yasashda xom ashyo sifatida foydalaniladi. Giasint va Tsirkonning shaffof sariq va yashil turlari zargarlikda ishlatiladi. Ts.ning katta zaxiralari AQShning tinch okean sohillaridagi dengiz bo’yi sochmalarida Shri Lanka orolida va Sharqiy Avstraliyada topilgan. O’zbekistonda Chatqol-Qurama regionida, Angren tog’larining nurash po’stida va Qoraqalpog’istonning fosforitlarida uchraydi.