TSOKOL
TSOKOL (italyancha zoccolo) — 1) bino, inshoot devorining, ustun, haykal va boshqalarning pastki qalinlashgan qismi; poydevoryait davomi, ya’ni yer sirtidan chiqib turadigan qismi. Tsokol pishiq g’isht, beton yoki temir-beton bloklardan ishlanadi. Binoga alohida ko’rk berish maqsadida granit, marmar va boshqa materiallar bilan qoplanadi; 2) elektrotexnika va radiotexnikada — elektron yoki ion asboblar — cho’g’lanma lampalar, lyuminessent lampalar, elektron lampalarning pastki konstruktiv qismi. Lampani patron, lampa paneli (korpusi)ga o’rnatish va lampa ichida joylashgan elementlar (cho’g’lanma simlar, elektrodlar)ni tashki elektr zanjiriga ulash uchun xizmat qiladi.