TSITSERO
TSITSERO — 1) bosmaxona shrifti. O’lchami (kegli) 12 punkt (4,51 millimetr) ga teng. Dastlab, Tsitseronning «xatlar» asarini chop qilishda qo’llanilgan (Rim, 1467 yil, nomi shundan). Tsitsero asosan bolalar uchun mo’ljallangan nashrlar va boshlang’ich sinflar darsliklarini terish uchun qo’llanadi; 2) bosmaxonalarda harf terish uchun ishlatiladigan chiziqli o’lchovlar birligi: 1 Ts.=12 punkt = kvadrat.
O‘xshash so‘zlar
- TSITSERON MARK TULLIY
- TSIVILIZATSIYA
- TSIXLASOMALAR
- TSOKOL
- TSRVENKOVSKIY
- TSUGARU
- TSUKERVANIK ISAAK PLATONOVICH
- TSUNAMI





