TUAMOTU
TUAMOTU, Paumotu — tinch okeandagi arxipelag, 78 marjon oroli va riflardan iborat. Frantsiya Polineziyasi tarkibida. Maydoni 810 kilometr kvadrat. Eng yirik orollari: Rangiroa va Fakarava. Iqlimi tropik, passatli iqlim. Yiliga 1500— 2000 millimetr yog’in yog’adi. Yirik orollarda pandanus, ban’yan daraxtlari, maydaroq orollarda butalar usadi. Kokos palmasi, non daraxti, banan plantasiyalari bor. Chorvachilik rivojlangan. Baliq ovlanadi, marvarid yig’iladi. Bosh shahri — Rotoava. Biosfera qo’riqxonasi tashkil etilgan. Arxipelagga yevropaliklardan dastlab 1606 yilda portugaliyalik dengizchi sayyoh P. Kiros borgan.