TUG’LU TEKIN MAQBARASI
TUG’LU TEKIN MAQBARASI — Samarqanddagi me’moriy yodgorlik (1376). Shohizinda ansamblining o’rta qismida. Shaharning qad. devoriga taqab, Temur sarkardalaridan Amir Husaynning o’zi va onasi Tug’lu tekin sharafiga qurilgan. Maqbara (8,5×9,5 m) bir xonali, eshigi g’arbga qaragan. T. T. m.da o’sha davr me’morlik hamda koshinkorlik san’atining noyob namunalari saqlangan. Gul va yaproqlar tasviri, tutashgan halqalar hamda yozuvlar ko’kmoviy bo’yoqlarda to’ldirilgan. T.T.m. ostida sag’ana (3,15×4,15 m) bor. Unga yo’lakdan kiriladi. Maqbaraning bizgacha etib kelgan ravog’i va unga tutash devor qoldiklari asosida 1960-y.larda qolgan qismlari qayta tiklangan (usta Sh.Ishoqov, me’mor I.I.Notkin). Tug’lu tekin maqbarasining koshinkori bezagi. Ad: Nemsova N.B., Shvab Yu.Z., Ansambl Shaxi Zinda, T., 1979.