TUG’RUQQA YORDAM BERISH

TUG’RUQQA YORDAM BERISH — homiladorlik, tug’ruq va chilla davrida ayollar sog’lig’ini muhofaza etishga qaratilgan profilaktika va davo tadbirlari sistemasi. T.e.b. onalar va bolalar muhofazasinnnt muhim bo’limidir. O’zbekistonda T.e.b. sistemasi tug’ruqxonalar, ayollar konsultasiyasi, qishloq vrachlik punktlari, kasalxonalarning akusherlikginekologiya bo’limlarida amalga oshiriladi. Bu erda ayollarga o’z vaqtida yuqori malakali ixtisoslashgan akusherginekolog yordam ko’rsatadi. T.e.b. tashkiliy va ilmiymetodik asoslarining birligi, T. yo.b. muassasalari ishlab chiqqan profilaktika, davo, diagnostikaning eng yangi usullarini tibbiyot amaliyotiga tatbiq etish, tibbiyot kadrlari malakasini muntazam oshirib borish aholiga akusherginekologik yordam ko’rsatishning tobora yaxshilanib borishiga imkon beradi. O’zbekistonda T.yo.b. ishini yaxshilash maqsadida tug’ruqxonalar ayollar maslahatxonasi bilan birlashtirilgan, ular vrachlik uchastkasi bo’yicha ish olib boradi; bu esa ginekologik kasalliklar va homiladorlik asoratlarini barvaqt aniqlash, homilador ayollarni muntazam kuzatib borish va zaruriyat bo’lsa, davolash, ko’zi yoriydigan ayollarni o’z vaqtida tug’ruqxonaga yotqizish, homiladorlik, chilla davri va bola parvarishi gigienasiga oid sanitariya maorifi ishlarini olib borish imkoniyatini beradi. T.yo.b. muassasasi ayollarga onalik huquqlarining himoyasi yuzasidan ijtimoiyhuquqiy yordam ko’rsatadi, shuningdek, irsiy kasalliklarning oldini olish va davolashga tegishli tibbiygenetika tekshiruvlarini olib boradi.