Tukli arilar
Tukli arilar (Bombys) asalarisimonlar oilasiga mansub hasharotlar urug’i. Uz. 3,5 sm gacha, tanasi qalin va uzun tuklar bilan qoplangan. Tuklar sariq, qrra yoki oqish belbog’hosil qiladi. 300 ga yaqin turi bor, Afrika va Antarktidadan tashqari barcha qitalarda, asosan, tog’li va tog’oldi hududlarda uchraydi. Jamoa bo’lib yashaydi; uyasini quruq o’simliklar, yo’sinlar va b. bilan aralashgan mumdan erga kuradi. Oilasi bir yillik, bitta yirik urg’ochi va bir qancha mayda urgochi ishchilardan iborat. Erkagi yoz oxirida paydo bo’lib, urg’ochisini urug’lantirgandan keyin halok bo’ladi. Urug’langan yosh urg’ochisi qishlab qoladi; bahorda uya qurib, yangi oilaga asos soladi. Yosh urg’ochi qo’ygan tuxumlardan faqat ishchi T.a. chiqadi. Voyaga etgan ishchi T.a. in qurishni davom ettiradi; qurtlar uchun nektar va chang yig’adi. Oiladagi T.a. soni bir necha o’ntadan minggacha, tropik xududlarda 2500 gacha etadi. T.a. asosiy emxashak ekinlari (qizil sebarga, beda va b. dukkaklilar)ning changlatuvchilari.