Tula viloyati

Tula viloyati — RF tarkibidagi viloyat, Rossiya Evropa qismining markazida joylashgan. Mayd. 25,7 ming km2. Aholisi 1675,7 ming kishi (2002), asosan, ruslar (95,4%), shuningdek, ukrain, Belorus, tatar va b. millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 81,4%. Tarkibida 23 ma’muriy tuman, 21 shaxar va 49 shaharcha bor. Markazi — tula sh. Boshqa yirik shaharlari — Novomoskovsk, Uzlovaya. T. v. O’rta Rossiya kirlarining (bal. 293 m gacha) shim.da joylashgan. Er yuzasi qiya to’lqinsimon tekislik. Qo’ng’ir kumir, temir ruda, oltingugurt kolchedani, gips, tosh tuzi, fosforitlar, qurilish materiallari konlari mavjud; mineral buloqlar bor. Iqlimi mo»tadil kontinental. Yanv. ning o’rtacha trasi — 10°, iyulniki 19°. Yiliga 500 mm gacha yog’in tushadi. Vegetasiya davri 180-190 kun. Daryolarining ko’p qismi oka havzasiga (Zusha, Ista, upa, Cherepet, osyotr va b.) mansub. Don daryosining yuqori oqimi viloyat hududidan o’tadi. T.v. keng bargli o’rmon va o’rmondasht zonasida joylashgan. Tuproqlari shim.g’arbida chimlipodzol, Markaziy qismida bo’z o’rmon, Jan. da aynigan qoratuproqlar. O’rmonlari (asosan, dub, qarag’ay) hududining yarmiga yaqinini egallaydi. Shim.da 20%, janubdagi 70% gacha erlari haydaladi. Sanoatining asosiy tarmoklari: mashinasozlik va metallsozlik (T.v.da Rossiya ko’prik kranlarining 37%, hamda sanoat jihozlari, qishloq xo’jaligi. mashinalari, mudofaa maxsuloti, motosikl va motorollerlar va b. ishlab chiqariladi), elektroenergetika, kimyo (mineral o’g’itlar, sintetik kauchuk, kimyo tolasi), kora metallurgiya, engil va oziq-ovqat sanoatlari; qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Qo’ng’ir kumir qazib olinadi («Tulaugol» ishlab chiqarish. birlashmasi). 3 issiqlik elektr styasi ishlab turibdi. Xalq badiiy hunarmandchiligi: badiiy to’r to’qish (Belev sh.) va loydan naqshinkor o’yinchoqlar yasash (Filimonovo qishlog’i) rivojlangan. Yirik korxonalari: «Kombaynoviy zavod», «Tulamashzavod», «kran» (Uzlovaya), «azot» (Novomoskovsk), «Ximvolokno» (Shchyokino), «Tulachermet» aktsiyadorlik jamiyatlari, «shtamp» mashinasozlik zdi, patron zdi (tula), sintetik kauchuk zdi (Efremov). Asosiy sanoat markazlari — tula, Novomoskovsk, Shchyokino, Uzlovaya, Efremov, Donskoy sh.lari. Q.x. g’allachilikchorvachilik yo’nalishda. Sutgo’sht chorvachiligi, parrandachilik, cho’chqachilik rivojlangan. G’alla (bug’doy, grechixa, javdar) ekiladi, shuningdek, ozuqa ekinlari, qand lavlagi, kartoshka etishtiriladi. Sabzavotchilik, bog’dorchilik ham rivojlangan. T. y. uzunligi 1103 km, qattiq qoplamali avtomobil yo’llar uz. 5076 km. Viloyat hududida avtomobil yo’llari zich. Oka daryosida kema qatnaydi (Aleksin sh.dan). Viloyatda 49 sanatoriykurort muassasalari bor. Krainka balneobalchiq kurorti mashhur. T.v.da Polenovo va Yasnaya Polyana muzey-usadbalari faoliyat ko’rsatadi. 3 oliy o’quv yurti (shu jumladan, unt), 7 muzey, 4 teatr ishlab turibdi.