Tuliy

Tuliy (Yun. Thule — Tule, qadimgi geograflar erning shim. chegarasi deb hisoblagan yarim afsonaviy mamlakat nomidan olingan, lot. Thulium), Tm — Mendeleev davriy sistemasining III guruhidagi lantanoidlartl mansub kimyoviy element. Tartib rakami 69, at.m. 168,9342, zichligi 9,33 g/sm3, suyuklanish trasi 1545°, qaynash trasi 1730°. Er po’stining massa jihatdan 2,710~4% ni tashkil etadi. Sun’iy usulda olingan radioaktiv izotopi 170Tt tibbiyotda rentgenodiagnostikada, texnikada yupka devorli detallarni yoritishda qo’llanadi.