Tulkilar
Tulkilar (Vulpes) — bo’risimonlar oilasiga mansub sut emizuvchilar urug’i; tanasining uz. 40-90 sm, dumi 60 sm cha. Tanasi cho’ziq, oyoklari nisbatan kalta. Uzun dumidagi mo’ynasi baroq. Juni sariqdan to kumushqizg’ish (deyarli qoramtir) tusgacha. T.da mavsumiy va geografik dimorfizm kuchli namoyon bo’ladi. 6— 11 turi ma’lum. Evrosiyo, Afrika, Shim. Amerikada tarqalgan. Avstraliyaga ham olib kelingan. O’zbekistonda 2 turi (oddiy tulki, korsak) uchraydi. Ularning oziqlanish va yashash joyi xilmaxil: o’rmontundradan boshlab sahro mintaqasigacha. In quradi. Asosan, kemiruvchilar, sut emizuvchilar va qushlar bilan oziqlanadi. Odatda, 4-6 ta, ba’zan 17 tagacha bola tug’adi; eng yirik vakili oddiy tulki. Tanasining uz. 90 sm gacha, dumi 60 sm cha. Kechqurun qorong’i tushishdan oldin faol bo’ladi. Mo’ynasi mo’yna sanoatining asosiy xom ashyosi hisoblanadi. T.ning qoramtir rangli mo’ynasi ayniqsa yuqori baholanadi.T. ovchilik va parrandachilik xo’jaliklariga birmuncha ziyon etkazadi. Ular kemiruvchi zararkunandalar sonini kamaytirib, qishloq xo’jaligi. va tibbiyotga katta foyda keltiradi.