TULU
TULU — Hindistondagi xalq. Asosan, Tamilnad shtatining g’arbida yashaydi. 1,9 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Dravidiy oilasiga mansub tilda so’zlashadi. Dindorlari — hinduizmga e’tiqod qilishadi. Mashg’uloti — kokos palmasini etishtirish, palma sharbatini yig’ish, kopradan buyumlar tayyorlash va boshqalar.