TULUNIYLAR
TULUNIYLAR — Misrdagi sulola (868-905). Asoschisi — abbosiyyaarnnng Misrdagi noibi Ahmad ibn Tulun. Vizantiyaliklar ustidan bir necha marta g’alaba qozongan. 878 yil Suriyani tobe ettirishgan. Tuluniylar davrida Misr abbosiylardan amalda mustaqil bo’lib ajralib chiqqan. 903 yil Tuluniylar qarmatlardan mag’lubiyatga uchrashgan, 905 yil abbosiylar tomonidan tor-mor keltirilgan.