Tuman
Tuman(O’zRda) —ma’muriyhududiy birlik. O’rta asrlardan ma’lum. Shark,da, jumladan, Markaziy Osiyo mamlakatlarida ma’muriyhududiy bo’linish; uezd ma’nolarida ishlatilgan. O’zbekiston sobiq Ittifoq tarkibiga kirgan davrda T.larni «rayon» deb atash raem bo’lgan. O’zbek tili davlat tiliga aylanishi munosabati bilan tarixiy «T.»so’zi qayta tiklandi. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 68moddasiga muvofiq, T. ma’muriy-hududiy bo’linish pogonalaridan biri. T. davlat yuqori organlarining ko’rsatmalari, qarorlarini hayotga tatbiq etuvchi va bajaruvchi asosiy ma’muriyhududiy birlik bo’lib, viloyat tarkibiga kiradi. Shuningdek, yirik shaharlar tarkibida shaxar T.lari tashkil etilishi mumkin (Mae., Toshkent sh.da 11 ta T. bor).T.larni mahalliy davlat hokimiyati organlari — T. hokimlari va xalq deputatlari T. Kengashlari boshqaradi. Tumanlarni tashkil etish va tugatish O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan amalga oshiriladi. T.larga tegishli viloyat hokimi tomonidan tayinlanadigan hamda tuman xalq deputatlari Kengashida tasdiqlanadigan T. hokimi rahbarlik kiladi.