TUMAN OG’O MAJMUASI

TUMAN OG’O MAJMUASI — Samarqanddagi me’moriy yodgorlik (14— 15-a.lar). Shohizinda ansambli tarkibida. Majmua Amir Temurning xotini tuman og’o begim nomi bilan bog’langan. T.o.m. maqbara, masjid, hujralar va Chortokdan iborat, turli davrlarda bunyod etilgan. Bezaklari 15- a. boshlarida ishlanib, uning yaxlitligini ta’minlagan. Maqbara xochsimon tarhli, moviy gumbazli, poygumbazi baland qilib qurilgan. Izorasi yorqin yashil rangli, 6 qirrali koshin g’ishtlar bilan yakunlangan, tilla halli qilib pardozlangan. Tarzi o’yma koshin, islimiy va girih naqshlar bilan bezatilgan, yozuvlar bilan to’ldirilgan. Yozuvlarni «suls» xatida usta Shayx Muhammad ibn Hoji Bandgir atTug’ro Tabriziy bajargan. Ichki bezagida ko’k, oq va qizil rangli naqshlar manzarali rasmlar bilan uyg’unlashtirilgan. Maqbaraning Jan. da 3 gumbazli masjid joylashgan. Uning mehrobi yorqin rangli parchin bilan qoplangan. Shohizinda ansamblining yuqori guruhida joylashgan ushbu yodgorliklarga yuqori Chortoq orqali kiriladi. Chortoqning ichki gumbazi muqarnas kosachalar bilan to’ldirilgan. Peshtog’i g’isht va yig’ma koshin bilan qoplangan. Hujraga kiraverishdagi yozuvda masjidga Amir Muso qizi tuman ofo asos solganligi qayd qilingan. Umumiy tarhi 5,7×6 m.