TUNIS BO’G’OZI
TUNIS BO’G’OZI, Sitsiliya bo’g’ozi — O’rta dengizdagi bo’g’oz. Sisiliya oroli bilan Tunis qirgoqlari oralig’ida. Eng tor joyining eni 148 kilometr, bo’g’ozni shimoli g’arbdan Janubisharqqa kesib o’tuvchi novidagi chuqurligi 300-800 metr, eng chuqur joyi bo’g’ozga kiraverish qismida, 1000-2000 metr. Sayozlik ko’p. Tunis bo’g’ozida Pantelleriya oroli bor.