TUNKA SOYLIGI

TUNKA SOYLIGI — Buryatiya Respublikasining g’arbidagi tog’lararo pastlik. Tunka Goleslari (shimolda) va Xamardaban tizmalari (Janubda) orasida. Uzunligi 200 kilometr, eni 20-50 kilometr. Bir qancha mustaqil soyliklardan iborat. To’p-to’p tilog’och o’rmonlari uchraydi. O’rmonli dasht qismida o’tloq o’simliklari, kichik maydonlarda qayin, tog’terak, tilogoch o’rmonlari bor. G’alla yetishtirish va sut chorvachiligi rivojlangan. Mineral buloqlar mavjud.