Tunnel, tonnel
Tunnel, tonnel (ing. tunnel — quvur) — transport yurishi, suv utishi, kommunikasiyalar joylashishi va b. maqsadlarga mo’ljallangan, yotiq yoki qiya joylashgan er osti yoki suv osti sun’iy inshooti. Uzunligi ko’ndalang o’lchovlaridan birmuncha katta bo’ladi. Vazifasi, er yuzasiga nisbatan joylashishi, chuqurligi va qurish usullari bo’yicha turlarga bo’linadi. Vazifasi bo’yicha — aloqa yo’llaridagi (metropoliten, t.y., avtoyo’l, piyodalar o’tish joylari va b.), gidrotexnik, kommunal, konchilik sanoati, maxsus maqsadlarda qurilgan (mudofaa inshootlari, er osti elektr styalari va b.); er yuzasiga nisbatan joylashishi bo’yicha — tog’osti, suv osti va tekislikdagi; joylashish chuqurligi bo’yicha — sayoz va chuqur joylashgan; qurish usullari bo’yicha — ochiq, yopiq va maxsus usullarda quriladigan T.lar mavjud. T.larning ko’ndalang kesimi doyra, tuxumsimon va to’g’ri to’rtburchak shaklda bo’lishi mumkin. T. qazish ishlari er yoki tog katlamining gidrogeologik sharoitiga qarab turlicha usulda amalga oshiriladi. T. bo’shlig’i, odatda, sun’iy mustahkamlashni, ya’ni qoplama qurishni talab qiladi. Qoplamalar metall (po’lat yoki cho’yan), tabiiy va sun’iy toshlar, beton va temirbetondan qilinishi mumkin. Metall qoplamalar yig’ma elementlar — tyubinglardan yigiladi, beton va temirbeton qoplamalar maxsus qoliplarga quyilib tiklanadi. Keyingi yillarda sun’iy bo’shliqni o’rab turgan tog’massiviga ankerlar va sim to’rlar erdamida mahkamlanadigan sachratmabeton qoliplar keng qo’llanmoqda. T. xavosi, odatda, ortiqcha namlangan va yuqori traga ega bo’ladi. Uning havosi tarkibini me’yoriy holatga keltirish, zararli gazlar va yuqori traning odamga ta’sirini kamaytirish va T.dagi ko’rinishga ta’sir qiladigan tutun bosimini yo’qotish maqsadida T.ni shamollatish tizimi kullaniladi. Uz. 50-60 m gacha bulgan T.larda tabiiy shamollatish, katta uzunlikdagi T.larda esa markazdan qochirma va Markaziy o’q bo’ylab ta’sir ko’rsatuvchi ventilyatorlardan foydalanilgan sun’iy shamollatish qo’llanadi. T. qurish ishlari, bo’sh, chukuvchan gruntlar sharoitida amalga oshirilganda, muzlatish va kimyoviy biriktirish, er osti suvlari sathini pasaytirish usullarida gruntlar sun’iy mustahkamlanishi mumkin. T. qurish tarixi uzok, utmishga borib takaladi. Mil. AV. Bobil, Misr, Yunoniston va b. mamlakatlarda foydali qazilmalar olish, suv ta’minoti maqsadida qurilgan T.lar metin, lom erdamida qazilgan. Keyinchalik kemalar qatnaydigan birinchi T. (160 m ga yaqin) Frantsiyada (1679-81), birinchi temir yul T.i (1190 m) Buyuk Britaniyada (1826-30) qurilgan. Eng uzun Metropoliten tunnelining ichki ko’rinishi. T. («Seykon») Xonsyu va Xokkaydo o.lari oralig’idagi Sutaru bug’ozi ostidan 1988 y.da utkazilgan (uz. 53,85 km, suv ostidagi kismi 23,3 km). Portlatuvchi moddalar va o’tish qalqonlari yaratilishi munosabati bilan t.y. va gidrotexnik T.lar kurildi. 20-a. urtalariga kelib avtoyo’l T.lari va metropolitenlar, suv osti (mas., LaMansh bo’g’ozi ostidan, umumiy uz. 52,5 km) T.lari qurildi. Hoz. paytda t.y., avtoyo’l, gidrotexnik va metropoliten T.larini loyihalash va qurish ishlari katta ko’lamda olib borilmoqda. Mas., Eronning Isfahon sh.da 68 bekati bo’lgan 123 km li metropoliten loyihalanmoqda, Xitoyda umumiy uz. 2500 km bo’lgan 5300 ta t. y. tunnelidan foydalanilmoqda; ulardan 22 ta T.ning uz. 5 km dan ortiq. Kelajakda Pekin va Shanxay shaharlarida umumiy uz. 408 km bulgan metropoliten va 562 km bulgan tezyurar tramvay qurish kuzda tutilgan. Katta hajmdagi T. qurish ishlari Yaponiyada ham olib borilmoqda (2004). O’zbekistonda mavjud to’g’onlar va GES larda gidrotexnik T.lar qurilgan, Kamchiq va Rezak dovonlarida umumiy uz. 2,5 km bo’lgan zamonaviy T. qurildi (q. Kamchiq dovoni). Toshkent sh.da jami uz. 38 km bo’lgan metropoliten va transport T.laridan foydalanilmoqda. Toshkent metropolitenini loyihalash va qurishda, metro qurilishida birinchi marta yirik hajmli yig’ma temirbeton elementlardan yig’iladigan yo’l yurish va bekat metro T.larining yangi, zilzilabardosh konstruktsiyalari yaratildi va amalda joriy etildi.