Turar joy

Turar joy — yashash maskani, boshpana joy, uyjoy binolari. Oila istiqomat qiladigan uy, oilaning maishiy hayoti o’tadigan muhit. T.j. ibtidoiy davrlardayoq taom tayyorlash, libos kiyish qatorida paydo bo’lgan. T.j.lar me’morliqsa eng ko’p tarqalgan inshoot turi bo’lib, boshqa turdagi inshootlarning shakllanishi va rivojlanishini ko’p jihatdan belgilab bergan. T.j.ning tashki va ichki shakllari, turlari va ko’rinishi jihatidan xilmaxilligi iklim, tabiiy geografik sharoit takrzosi, ijtimoiy munosabatlar xususiyati, iqtisodiy moddiyturmush darajasi, madaniy va milliy an’analarga bog’liq holda rivojlanib, murakkablashib borgan. T.j.ning oddiy turlari qad. tosh davridan ma’lum. T.j.lar asrlar davomida tog’g’orlari, tabiatdagi oddiy boshpana bostirmalardan boshlab, zamonaviy ko’p qavatli uylargacha murakkab tarak,Qiyot jarayonini bosib o’tgan. Ayni vaktda me’morlik shaklu shamoyili asosini ta’minlab kelgan. Tosh davrida gor, chayla, erto’lalar T.j. vazifasini o’tagan (q. Ibtidoiy jamiyat). Inson o’troqlashgan sari T.j. shakli ham o’zgara borgan, o’rmonli joylarda yog’och uylar yuzaga kelgan (botqoq va suv bosadigan erlarga yogoch, xoda qoqib, ustiga uy qurilgan). Iqlimi quruq, daraxt o’smaydigan dasht va tog’etaklarida neolit davridan boshlab tosh, loy, xom g’isht, guvala, somon kabi qurilish materiallaridan foydalanilgan. Osiyo va Afrikaning chorvachilik bilan shug’ullanadigan o’lkalarida ko’chma TJ.lar keng tarqalgan. Chodir (hayvon terisi, matodan; Osiyoning Jan. toglik hududlarida, eroniylar, arablar), oq uy, qora uyO’tov, chayla, kapa, olachuq kabi (namat va yog’ochdan) mug’ul ko’chma uyjoylari ayniqsa ko’chmanchi turkiy qavmlarda keng qo’llangan, hatto arava ustiga qurilgan ko’chik (ko’shk)lar Dashti Qipchoqsan Sharqiy Evropagacha bo’lgan hududlarda kuzatilgan. Shim.da eskimoslarning T.j.lari bug’u terisi va muzdan qurilgan. Jamiyatda tabaqalanish yuzaga kelgach qad. Misr, Qad. Rim va Yunonistont qullarning sodda uy, kulbalari bilan bir qatorda kuldorlarning uyqo’rg’onlari, ko’p xonali qal’alari barpo etilgan. G’arbiy Evropa shaharlarida sinchkor faxverkli qurilmadagi T.j.lar hozirgacha saqlangan. Sharqiy slavyan (shu bilan birga rus, ukrain, Belorus) va hududi ularga yaqin xalqlar (fin, eston, Litva, rumin va b.)da dastlab yog’och qalab qurilgan uylar (xata va b.) keng tarqalgan. Kavkaz xalklarida tog’ qoyalari—terrasalarda loy va toshdan ustmaust qurilgan kulbalar, minorasimon ko’p qavatli uylar (tog’li Dog’iston va b.) tarqalgan. Hindistonda T.j. xom va pishiq g’ishtdan, tomi yassi, ba’zan nishabli yasalib, ustiga poxol qamish, yirik barglar bosilgan. Sinchli yog’och yoki bambukdan somonli loy bilan suvalgan uylar ham bo’lgan. Sharqiy Osiyo mamlakatlarida (Mae. shim. Xitoyda) sinchli, xom g’ishtli devor ustidan suvalib tomiga poxol, qamish bostirilgan. Tez-tez zilzila bo’lib turadigan joylarda asosan sinchkori engil uylar ko’p qurilgan. Uyg’onish davrida Italiya shaxarlarida aslzodalarning saroy palassolari, villalari, bog’park majmualari o’ziga xos me’moriy tizim va uslubga ega bo’lgan (Dojlar saroyi va b.). 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida rivojlangan Angliya T.j.lari boshqa Evropa mamlakatlaridagi T.j. qurilishiga sezilarli ta’sir ko’rsatdi. Unda F. Uebb, N.Shou va Ch. Voysi kabi me’morlar loyihasi ma’lum bir oila ehtiyojini puxta o’rgangan holda, uning atrofmuhitini, iqlim sharotini va uyning joylanish o’rnini, foydalaniladigan qurilish materiallarini namoyish etib, xususiyatini ochib berdi. AQSh, Kanada kabi sanoati rivojlangan mamlakatlarda T.j. sanoatida ishlab chiqarilgan bir xil andozadagi yig’ma yog’och uylardan foydalanish katta imkoniyatlar yaratib berdi. Evropadagi ishchilar uyi qator yaxlit umumiy maishiy ehtiyojni oqilona hisobga olishni aniq misollarda namoyon etdi. Alohida oilalarning turli ehtiyojlarini hisobga olgan holda bunyod etilgan Angliya kottejpari, ko’pxonadonli oilalarda zamonaviy qulayliklar yaratilgan daromadli uylar me’morlarning qurilishda to’plagan imkoniyat va uslublarini zamonaviy T.j. turini yaratishida muhim rol o’ynadi. 20-a.dan rivojlangan Evropa mamlakatlarida yangi kurilish materiallari (metall, temirbeton, oyna va b.) zamonaviy T.j. qurilishiga tadbiq etildi. Shaharlarda aholi sonining keskin oshishi natijasida daromad keltiradigan uylarning ko’plab qurilishiga e’tibor berildi. T.j.lar kurilishida zamonaviy kulayliklar (vodoprovod, kanalizasiya, gaz, lift va b.) ga ega bo’lgan, bir-biri bilan tutashgan sektsiyalar, qavatmaqavat takrorlanuvchi xonalar guruhidan iborat ko’p kavatli uymajmualar keng tarqaldi. O’zbekistondagi dastlabki T. j. qoldiqlari Zamonbobo, Jarqo’ton, Jonbosqal’a, Dalvarzintepa, Termiz, Tuproqqal’a kabi shaharqurg’onlar, qal’alardan topilgan. Kurilishda yog’och, loy, paxsa, guvaladan foydalanilgan. Varaxsha, Afrosiyob, Bolaliktepa va b.dagi saroy devorlari raem, haykal va bo’rtma bezaklar bilan pardozlangan. 6-8-a.lardagi Kesh, Sug’d, Tohariston, Chag’oniyon, Shosh kabi manzillardagi T. j.lar, asosan, sug’oriladigan sersuv erlarda bunyod etilgan. Shahar atrofidagi mavzelarda xunarmand, dehqonlar yashagan. Qadim Turkiston yaylovlarida yashagan turkiy aholi engil ko’chma uylarning ajoyib tur va shakllarini yaratgan (utov, yurt, chodir, xirgoh, kapa, olachuq va b.). Ko’chmanchilarning 2 yoki 4 g’ildirakli aravalarga urnatilgan qamish uylari haqida sayyoh va elchilar Marko Polo, Plono SHL Karpini va b.ning «ya sayohatnomalarida yozilgan. Xorazmshoh Abulg’oziy Bahodirxon aytishiga ko’ra qang’li arava (kuchma uy)ni dastlab kashf etgan turkiy qavm keyinroq Qang’li nomi bilan mashhur bo’lgan. Qang’li uylar mil.AV. 4-a.da ham keng tarqalgan. Ko’chmanchilar o’troq hayotga o’tganda ham chodir, o’tov kabilar yog’och qurilmalar va namat, julxirslar asosida bunyod etilgan. Shular qatori ulkan paxsa devorli, xom g’ishtdan terilgan baland devorli qal’aqo’rg’onlar, shahar devorlari tiklangan. Amir Temur hukmronligi davrida qurilgan T.j. me’morligi o’zining hashamatliligi, muhandislik ilmining yuksakligi, serhasham bezaklarga boyligi bilan ajralib turadi (q. Amir Temur bog’lari, Oqsaroy). Tarixiy manbalarda saroy, chorbog’va b. haqida qiziqarli ma’lumotlar saqlangan. Shahar markazlarida mahapla va guzarlar shakllanib, ularda xunarmand va savdogarlar ko’plab do’konlar (Chorsu, Tim, toqilar) katorida o’zlarining hashamatli T.j.larini ham qurganlar. T. j.lar ichkari va shashqari hovlili bo’lib, xonadon egasining mavqeiga karab jihozlangan. Mehmonxonalar o’ziga xos milliy bezaklar (tokcha, taxmonli, shipi vassaln, hovuzashm, devorlari namoyonli naqshlar) bilan bezatilgan. Gilam, choyshab, so’zana, sandh, kuti, xontaxta kabi uyro’zg’or buyumlari bilan jihozlangan. Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Qo’qon, Toshkent kabi ko’hna shaharlarda, asosan, 18-19-a.larga oid T.j. namunalari sakdangan, ularda o’ziga xos shaklu shamoyil, pastbalandliklardagi mutanosiblik, mahalliy qurilish ashyolaridan foydalanish, quyoshning jazirama issig’ini to’suvchi usullarning hammasi hisobga olingan. Uylarning fayzi hovlilar orkali namoyon bo’lgan, ko’cha tomondan faqat o’ymakor eshik va darvoza oldidagi ayvoncha ko’zga tashlanadi. T. jlarni hovliag’a va ayvonsiz tasavvur qilib bo’lmaydi (q. Toshhovli, Sitorssh  Mohi Xosa, Nurullaboy saroyi va b.). Chor Rossiyasi O’rta Osiyoni bosib olgach, an’anaviy T.j.lar bilan bir qatorda Toshkent, Samarqand, Kogon, Andijon, Skobelev (Farg’ona), Qo’qon va b. shaharlarda 1-2 qavatli uylar evropacha uslubda qurila boshlandi. Bu binolarning me’moriy qiyofalari mahalliy sharoitga dastlab begona ko’ringan. 20-a. boshlarida ishchilar uchun yangi arzon,oddiy T.j.lar Toshkentdagi temir yo’l ko’chasi (sobiq Tezikov bogi) dagi ishchilar shaharchasida qurila boshlandi. Boy va savdogarlar T.j.lari — Toshkentdagi Romanov saroyi, A.Polovtsev uyi, Qo’qondagi akauka Simxoevlar uylari, Knaab uyi, Samarqandda Kalontarov uyi va b.ni rus harbiy muhandislari I.A.Markevich, G.M.Svarichevskiy, V.S.Geyntselman va b. mahalliy xalq ustalari bilan hamkorlikda qurganlar. 1937 y.dan uyjoy boshqarmalariga qarashli 4-5 qavatli T.j. binolari, keyinchalik 9 qavatli (1966 y.dan) yig’ma temirbeton T.j.lar qurilishi avj oldi. Qishloq me’morligida R.Abdurasulov, A.Mahkamov, V.Kolomenskiy kabi me’morlar loyihasi asosida 2 qavatli kottejlar bunyod etiddi. Qishloklarda 3-4 qavatli uylarning joriy etilishi aholiga ancha noqulayliklar keltirib chiqardi. 70-y.lardan loyiha intlari tomonidan bir xil andozadagi loyihalarning yangi turlari yaratildi. 80 y.lardan 16 qavatli va undan baland eksperimental T.j.lar bunyod etildi. Shaharlarda aholining keskin ko’payishi natijasida yirik T.j. massivlari (Chilonzor, Sergeli, Yunusobod, Yalang’och, Sebzor va b.)dagi T.j. binolari qurilishida 76, 146, 148, 176 turkumdagi loyihalardan foydalanildi. Ammo bu loyihalar ancha qulayliklarga ega bo’lish bilan birga, yashovchilarning mahalliy extiyoj va talablarini to’la qondira olmas edi. Bu ehtiyoj va talablar, asosan, 1-2 qavatli shaxsiy T.j.larda amalga oshirildi. T. j.lar me’morligi hoz. vaktda turli jihatlarga ko’ra tasniflanadi, jumladan, qurilish ashyolari bo’yicha (g’ishtli, betonli), qurilish texnologiyasi bo’yicha (yirik blokli, panelli), o’zaro birikuvi bo’yicha (bloklangan, alohida qurilgan), loyihalarini amalga oshirish qirralari bo’yicha (individual, takroriytipik), qavatlari bo’yicha (kam qavatli, ko’p qavatli), xonadon (kvartira)larning o’zaro birikuvi bo’yicha (galereyali, sektsiyali kabi), egalik bo’yicha (shaxsiy, shirkatga qarashli, davlat mulki), hovlining mavjudligi va yana b. jihatlari bo’yicha ajratiladi. Shahardan tashqaridagi T.j.lar soddaroq ko’rinishi bilan farqlangan. T. j.ning eng muhim sifatlari uning qulayligi va ko’rkamligidir. Ular ko’iroq me’moriy echim (xilmaxil, ba’zan qaramaqarshi talablarni o’zaro uyg’unlashtiruvchi reja, qurilish ashyolarining konstruktiv va badiiy sifatlarini to’la ochish va b.) bilan ta’minlanadi. Mahalliy aholi T.j.larida naqqoshlik, o’ymakorlik kabi bezaklar keng qo’llanadi. T. j.larda jihoz (xonumon), jumladan, hoz, vaqtda muhandislik ta’minoti (issiq, sovuq suvlar, gaz, elektr quvvati), oqova (kanalizasiya), shamollatish, kondisionerlash va b. katta ahamiyatga ega. Turli mebellar (xontaxta, kursi, yumshoq mebel kabilar) xonalarga shinamlik baxsh etadi. Maishiy texnika buyumlari (sovutqich, televizor, kompyuter) iste’moli kengayib bormoqda. Ko’pgina jihoz buyumlarini yaratish san’at darajasiga ko’tarilgan (kulollik, kandakorlik, gilamchilik, kashtachilik va b.). O’zbek uyjoylarida ko’kalamzorlashtirishga va suv inshootlariga katta e’tibor beriladi. Hovlining bir qismidan yoki alohida joydan bog ajratiladi. Ularda, asosan, mevali, qisman manzarali daraxtlar o’stiriladi. Hovli sahnida gulzor tashkil etilib unga Rayhon, shoyigul kabilar ekiladi. Ilgari deyarli har bir uyning arig’idan toza, ichimlik suvi oqib o’tgan. Hoz. ba’ — zi hovlilarda suv havzasi (hovuz), favvoralar qurilmoqda. O’zbek T.j.larida asrlar mobaynida shakllanib kelgan qo’shnichilik, mahallachilik urfodatlari o’z aksini topgan: uy egasi tom nishabini hamisha o’zining hovlisiga qaratgan, qo’shni devoriga tutash bo’lgan biror qurilma ko’tarish niyatida bo’lsa qurilmaning balandligini qo’shnisining roziligi bilan amalga oshirgan va h.k. Bulardan tashqari, qo’shnichilik munosabatlarini «obraha», «haqraha», «Shafiq» kabi odatlar belgilagan. Mustaqillikdan keyin T.j. me’morligida yangi qurilish mezonlari va qoidalari qabul qilindi. Davlat tomonidan moliyalanadigan ko’p qavatli va kottej T.j.lari bilan bir qatorda yakka tartibdagi shaxsiy uylar, jumladan, hashamatli («elita») uylar qurish keng tarqaldi. T.j.larda milliy va «Evropa» uslublari uyg’unlashib, yangi qurilish texnologiyasi va bezash ashyolari keng qo’llanmoqda. Ad.: Voronina V.L.,Narodnie Tradisii arxitekturi Uzbekistana, M., 1951; Adilov SR., Tursunov F.Yu. i dr. Gorod, rojdenniy dvajdi, M., 1970; Asamov X.A., Borovkov I.I., Pletnev I . E., Jilitshnograjdanskoe stroitelstvo Uzbekistana za 50 let, M., 1974; Kadirova T. F., Arxitektura Uzbekistana, M., 1987. Po’lat Zohidov, Xayrulla Po’latov.