Turbogenerator
Turbogenerator — bug’yoki gaz turbinasi bilan xarakatga keltiriladigan elektr energiya generatori; issiqlik elektr styasining turbinasi valiga bevosita biriyuiriladigan sinxron generator. T. gorizontal vaziyatda ishlaydigan elektr mashina. Uning uyg’otish chulg’ami rotoryaa, 3 fazali ish chulg’ami esa cmamopua joylashgan. Uyg’otish chulg’ami elektr mashinalar uyg’otkichi chulg’amidan tok bilan ta’minlanadi. Stator korpus (tana) va chulg’amlar joylashtiriladigan o’yiklari bor o’zakdan iborat. O’zak elektrotexnika po’lati listlaridan yig’ilgan bir necha paketdan tayyorlanadi. O’zak payvandlab tayyorlangan po’lat korpusga joylashtiriladi. T. havo yoki vodorod bilan sovitiladi. Yirik T.larda aralash sovitish tizimi qo’llanadi. Mac, stator va rotor chulg’amlari suv bilan, stator o’zagi esa vodorod bilan sovitiladi. Atom elektr styalarida ikki juft qutbli rotordan foydalaniladi (q. Generator).