Turbokompressor
Turbokompressor 1) kompressor va aviasiya gaz turbinasinch mexanik tarzda biriktirib hosil qilingan agregat; turbokompression dvigatelning asosiy qismi. Ichki yonuv dvigateli porsheniga bosimi ATM. bosimidan yuqori bo’lgan havoni haydash uchun qo’llanadi (shunda dvigatelning quvvati ortadi). Bu holda dvigatelda «ish bajarib» chiqayotgan gaz turbinada kengayib, kompressorni aylantiradi, natijada tsilindrlarga borayotgan havoning bosimi ko’tariladi; 2) gazlarni siqish va uzatish uchun mo’ljallangan kurakli kompressor. Gazlarni markazdan qochma usulda yoki o’q bo’ylab yo’naltiradigan turlari bor. Porshenli kompressorga nisbatan foydali ish koeffisienti katta bo’lishini, gazlar (havo)ning bir me’yorda (uzilibuzilib emas) uzatilishini ta’minlaydi.