Turizm
Turizm (Frans. tour — sayr, sayohat), sayyoqlik — sayohat (safar) qilish; faol dam olish turlaridan biri. T. deganda jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan sog’lomlashtirish, ma’rifiy, kasbiyamaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda (mamlakatda) haq to’lanadigan faoliyat bilan shug’ullanmagan holda uzog’i bilan 1 y. muddatga jo’nab ketishi (sayohat qilishi) tushuniladi. T. ning tarixi 19-a. boshlariga borib takaladi. Dastlab Angliyadan Franiiyaga uyushgan sayyohlik tashkil etilgan (1815 y.). T.ning asoschisi hisoblanmish ingliz ruhoniysi Tomas Kuk 1843 y.da 1temir yo’l sayyoxligini tashkil qildi. Shundan so’ng u o’zining xususiy turistik korxonasini tuzdi va 1866 y. dastlabki sayyoxlik guruxlari AQShga jo’natiddi. Sharqda Arab sayyohi Ibn Battuta 21 yoshida sayohatini boshlab, deyarli barcha Sharq va shim. Afrika mamlakatlarini piyoda kezib chikdi. Movarounnahrda ilk sayyohlarning safarlari Amir Temur va Temuriylar davrida faollashgan. Amir Temur frantsuz qiroli Karl VI va ingliz qiroli Genrix IV bilan doimiy aloqada bo’lgan. Uning elchisi 1403 y. Parijga kelgan. Ispaniyalik Klavixoning «Buyuk Temurning hayoti va faoliyati» kitobida Movarounnahrdagi ijtimoiy hayot va sayyoxlarning Temur davlatiga intilishi aks etgan. Hoz. davrda T. dunyoning juda ko’p mamlakatlarida ommaviy Tue olgan. Odatda, T. turistik tashkilotlar orqali turistik marshrutlar bo’yicha uyushtiriladi. T.ning juda ko’p turlari va shakllari mavjud (ichki, xalqaro, havaskorlik T. i, uyushgan T., yaqin joyga sayohat, uzoqqa sayohat, bilim saviyasini kengaitirish maqsadida T., toqqa chiqish, suv T.i, avtoturizm, piyoda yuriladigan T., sport T.i va b.). O’zbekistonda T. sohasiga rahbarlikni «O’zbekturizm» milliy kompaniyasi (1992 y. 27 iyulda tuzilgan) olib boradi. Kompaniyaning asosiy vazifasi T. infrastrukturasini rivojlantirish, chet el sarmoyasini jalb qilib zamonaviy turistik komplekslarni barpo etish, yangi turistik yo’nalishlarni ishlab chiqish, xizmatlar doirasini kengaitirish va b.dan iborat. «O’zbekturizm» milliy kompaniyasi sayohat qilish turiga qarab quyidagi turistik yo’nalishlarni ishlab chiqqan: klassik yo’nalish (Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent; Toshkent, Samarkand, Buxoroshahrisabz, Toshkent). Bu yo’nalish eng qad. yodgorliklar va b. tarixiymadaniy obidalarga tashrif bilan bog’liq; ekologik T. yo’nalishi (Chimyon, Chorvoq dam olish va davolanish oromgohi, Zomin qo’riqxonasi, Buxoro viloyatidagi qo’riqxonalar). Bu yo’nalish alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar va sayyohlar uchun ekologik jihatdan qulay g’amda foydali hisoblanadigan joylarga tashrif bilan bog’liq; arxeologik T. yo’nalishi (Qoraqalpog’iston, Surxondaryo, Samarkand hududdari bo’ylab). Bu yo’nalish O’zbekistonning eng qad. topilmalari va arxeologik qazishmalar olib borilayotgan joylari bilan tanishishni maqsad qilib qo’yadi; ekstre mal T. yo’nalishi (Chimyon, Farg’ona vodiysi, Orol bo’yi, Buxoro, Navoiy viloyati hududlari bo’ylab); liniy T. yo’nalishi (Toshkent, Samarkand, Buxoro, Toshkent) — mamlakatimizdagi tarixiy diniy obidalarni ziyorat qilish bilan bog’liq. T. sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish, turistik xizmatlar bozorini rivojlantirish, shuningdek, turistlar va turistik faoliyat sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida O’zbekiston Respublikasining «turizm to’g’risida»gi qonuni kabul kilingan (1999 y. 20 avg.). Shu bilan birga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «2005 y.gacha bo’lgan davrda O’zbekistonda turizmni rivojlantirish davlat dasturi to’g’risida»gi farmoni (1999 y. 15 apr.) sohani rivojlantirishda muhim omil bo’ldi. T. tashkilotlarini takomillashtirish hamda kichik va o’rta turistik korxonalarning xizmat ko’rsatish bozorini faollashtirish, shuningdek, xorijiy sarmoyani T. sohasiga jalb kilish maqsadida 1998 y. O’zbekiston Respublikasi hukumati qarori bilan Toshkentda «xususiy sayyoxlik tashkilotlari uyushmasi» tashkil etildi. U 300 dan ziyod turistik korxonalar bilan yaqindan aloqada bo’lib faoliyat olib boradi. O’zbekistonda «Kumushkon» turistik bazasi va «Sanzar» kemping majmuasi mavjud bo’lib, ular «O’zbekturizm» milliy kompaniyasi tizimi tashkilotlari hisoblanadi. Shu bilan birga Chorvoq, Chimyon, Beldersoy dam olish oromgohlari va yuzga yaqin xususiy mehmonxonalar ishlab turibdi. O’zbekistonda ko’plab turistlarni qabul qilish va ularga xizmat ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lgan mehmonxonalar soni tobora o’sib bormoqda. O’zbekiston 1993 y.da o’z safiga 120 dan ortiq mamlakatni birlashtirgan Jahon turistik tashkiloti (WTO; 1975 y. tuzilgan)ga a’zo bo’ldi. Shuningdek, O’zbekiston WTO Evropa komissiyasi Rayosatining ham a’zosidir. 2004 y. «Buyuk ipak yo’li» loyihasi doirasida Samarkand viloyatida Jahon turistik tashkilotining vakolatxonasini ochish ko’zda tutilgan. O’zbekistonda T. sohasiga oid «Buyuk ipak yo’li» xalqaro turistik reklamaaxborot gaz. (1994 y.dan), «biznes Gayd» jur (rus va ingliz tillarida) va b. ommaviy nashrlar chop etiladi. As:Tuxliev N., Taksanov A.,Ekonomika bolshogo turizma, T., 2001. Farangiz Abdullaeva.