Turk tili

Turk tili — turkiy tillarpgm biri. Asosan, Turkiyada, shuningdek, Iroq, Suriya, Eron, Ruminiya, Bolgariya, Gresiya, Rossiya, Germaniya, Niderlandiya, Frantsiya, Kipr oroli, Makedoniya va b. mamlakatlarda tarqalgan. Turkiya Respublikasining va Kipr Respublikasining (grek tili bilan birga) rasmiy tili hisoblanadi. O’tgan asr oxirlarida so’zlashuvchilarning umumiy soni 55 mln. ga yakin (Turkiyaning o’zida 50 mln. dan ortiq) kishini tashkil etgan. Dialektal jihatdan Turkiyada Sharqdagi, ayniqsa, Anatoliya shim.sharqidagi mintaqa Ozarbayjon tiliga o’xshashlik belgilari bilan ajralib turadi. Anatoliyaning boshka qismi hamda Sharqiy Frakiya shevalari, shuningdek, boshqa mamlakatlardagi T.t. lahjalari o’zaro unchalik farq qilmaydi. T. t.ning fonetik o’ziga xosliklari: so’z boshidagi va o’rtasidagi j undoshining qarindosh turkiy tillardagi boshqa o’xshash tovushlarga to’g’ri kelishi, so’z boshidagi RV, td, kg jarangeizlari va jaranglilarining farqlanishi va singarmonizmning mavjudligi, bir qancha so’zlarda portlovchi v o’rniga sirg’aluvchi v undoshining kelishi; boshqa turkiy tillardagi «vo1» fe’lining «ol» tarzida qo’llanishi va b. Morfologik belgilaridan mis shaklli sifatdoshning qipchoq va b. bir qancha turkiy tillardagi gan shaklli sifatdosh bilan vazifadoshligi; dik shaklli qad. harakat nomi va uog shaklli aniq hoz. zamon fe’lining faol qo’llanishi va b. ni ko’rsatish mumkin. Adabiy T.t. hoz. shaklida 19-a. o’rtalaridan shakllana boshlaydi. Bu davrda o’rta asr adabiy tili (eski turk yoki Usmonli turk tili) Arabcha, forscha elementlarga boy bo’lgan. 20-a.ning 20-y.laridagi islohotlardan so’ng adabiy til umumxalq so’zlashuv tili bilan yaqinlashdi. Eski T.t. ning Arab yozuvida bitilgan yodgorliklari 13-a.dan boshlab mavjud. Dastlabki yodgorliklarda Sharqiy turkiy (qoraxoniyuyg’ur) adabiy tilining sezilarli ta’siri bor. Hoz. yozuvi 1929 y.dan lotin grafikasi asosida.