TURKISTON AVTONOM SOVET SOSIALISTIK RESPUBLIKASI

TURKISTON AVTONOM SOVET SOSIALISTIK RESPUBLIKASI (TASSR) — Turkiston o’lkasida sovet tuzumi o’rnatilgandan keyin bolsheviklar tomonidan tuzilgan va RSFSR ga kirgan avtonom respublika (1918-24). Mayd. 1.324.994 kv. versta. Aholisi 5 mln.dan ziyod kishi (1922). Poytaxti — Toshkent sh. Turkiston o’lka sovetlarining 5s’ezdi (1918 y. 20 apr.-1 may)da 30 apr. kuni Rossiya Sovet Federasiyasining Turkiston Sovet Respublikasi (qisqachatsr) degan nom bilan tashkil topdi. S’ezdsa oliy organlar: Turkiston Respublikasi Markaziy Ijroiya ko’mitasi (Turkiston mi K) va Turkiston Respublikasi Xalq Komissarlari Soveti (Turkiston XKS) tuzilgan. TCP ma’muriy jixatdan Farg’ona, Samarkand, Sirdaryo, Ettisuv, Zakaspiy, keyinchalik Amudaryo (Turkman) viloyatlariga bo’lingan. Respublika hududi BXSR, XXSR, Kozog’iston ASSR, Afg’oniston, Eron, Xitoy davlatlari bilan chegaradosh bo’lgan. Turkiston Respublikasi Sovetlarining favqulodda 6s’ezdida RSFSR Konstitusiyasi andozasida TCP Konstitusiyasi qabul qilingan. 9s’ezdda yangi Konstitusiya qabul qilinib, TSRning nomi Turkiston Sovet sosialistik Respublikasi (TSSR) deb o’zgartirildi. Respublika siyosiy hayotida Turkiston Kommunistik partiyasi — TKP (1918 y. iyunda Toshkentda tuzilgan) mug’im rol o’ynagan. Hokimiyatning oliy qonun chiqaruvchi organi TSSR MIK hisoblangan. Ijro qiluvchi va boshqaruvchi oliy organ TSSR XKS sanalgan. Birok, amalda hokimiyat RSFSR ning Toshkentdagi favqulodda organlari: Turkiston komissiyasi, RKP(b) MK Turkiston byurosi (Turkbyuro), keyinchalik RKP (b) MK O’rta Osiyo byurosi (Sredazbyuro), Turkiston fronti qo’lida bo’lgan. So’ngra mahalliy hokimiyat RSFSRning turli komissarliklariga bo’ysundirilgan. 1920 y.gacha mahalliy millat vakillari respublika oliy rahbariyati tarkibiga kiritilmagan. Keyinchalik T.Risqulov, N.To’raqulov, Q.Otaboev, A.Rahimboev, I.Xidiraliev, R. Islomov, N.Aytoqov TSSR rahbarlari bo’lishgan. 1918 y. bahorda sovet hokimiyati tomonidan Tssrda sanoatning etakchi tarmoqlari (paxta tozalash, yog’moy i. ch., ko’nchilik va b.) hamda banklar musodara qilindi. T.y. davlat tasarrufiga o’tkazildi. Oziq-ovqat taqsimoti (prodrazvyorstka) natijasida dehqonlar qo’lidagi oziq-ovqat mahsulotlari tortib olindi. 1921 y.dan oziq-ovqat solig’i (prodnalog) joriy qilinib, etishtirilgan hosilning katta qismi sovet organlariga majburiy topshirtirilgan. Hunarmandlar, savdogarlar va tadbirkorlardan ham katta miqsorda soliq olingan. Sovet rejimining xalqqa qarshi siyosatidan norozi bo’lgan milliy kuchlar qo’lga qurol olib, qizil armiyaga qarshi kurashganlar. TSSR iqtisodiyotiga harbiy xarakatlar katta zarar keltirgan. Kx izdan chiqib, og’ir ahvolga tushib qolgan. Ekin maydonlari qisqarib, 1915 y.dagi 3 mln. desyatinadan 1921 y.da 1,7 mln. desyatinaga tushib qolgan. Chorva mollarining soni 24 mln. boshdan 8 mln. boshgacha kamaygan. Respublika sanoati ham vayron bo’lgan edi. 1921 y.da yangi iqtisodiy siyosat (NEP)ga o’tilgan, mavjud korxonalarni qayta tiklash bilan bir qatorda yangi korxonalar g’am qurilgan. Biroq Turkiston sanoatida davlat sektori asosiy o’rinni egallagan. TSSR da madaniyat ziddiyatli tarzda rivojlangan. Bir tomondan, yangi hokimiyat sovet maktablari, gaz. va jurnallar, madaniyma’rifiy shoxobchalari (klublar, madaniyat uylari, qizil choyxonalar) tashkil qilishga alohida e’tibor qaratib, mahalliy aholi ongiga kommunizm g’oyalarini singdirishga harakat qilgan. Ikkinchi tomondan, milliy ziyolilar (Fitrat, Cho’lpon, Abdulla Qodiriy, Munavvarkori va b.) milliy manfaatlarni qimoya qilib, sovet hokimiyati bilan murosa qilgan holda xalqqa ma’rifat tarqatish bilan ham shug’ullanganlar. 1918 y. 12 mayda O’rta Osiyodagi dastlabki oliy o’quv yurti — musulmon xalq dorilfununi (q. O’zbekiston milliy universiteti)ga asos solingan. 1920 y. avgustda Tssrning Ettisuv viloyati, Sirdaryo va Zakaspiy viloyatlarining bir qismi yangi tashkil qilingan Kozog’iston ASSR (RSFSR tarkibida; 1936 y.dan Kozog’iston SSR) tarkibiga kiritilgan. 1924 y. noyabr oyining oxirida O’rta Osiyoda o’tkazilgan milliyhududiy chegaralanish natijasida TSSR tugatilib, uning hududi yangi tuzilgan O’zbekiston SSR, Turkmaniston SSR, Tojikiston ASSR (O’zbekiston SSR tarkibida; 1929 y.dan Tojikiston SSR), shuningdek, K°raqirg’iz (Qirg’iziston) Muxtor viloyati (RSFSR tarkibida; Kirg’iziston SSR), Qoraqalpoq Muxtor viloyati (Qozog’iston ASSR tarkibida; keyinchalik Qoraqalpog’iston ASSR, 1936 y.dan O’zbekiston SSR tarkibida) tarkibiga kiritildi. Ad.: O’zbekistonning yangi tarixi, 2kitob [O’zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Rajabov K,., Haydarov M., Turkiston tarixi (19171924 y.), T., 2002; O’zbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari, T., 2001. Qahramon Rajabov, Ordali Qoniratboev.