«Turkiston» saroyi

«Turkiston» saroyi — Toshkentdagi Mustaqillik maydoni shim. da Anhor bo’yidagi kontsert zali binosi. Dastlab «Turkiston» kinokontsert zali deb nomlangan (1992, me’morlari Yu.Xaldeev va F. Tursunov), keyinchalik yozgi teatr sahnasi (1993, me’mori V.Akopjanyan) da xalq an’anaviy bayramlari, teatrlashtirilgan tomoshalar o’tkazilishi munosabati bilan hoz. nomi bilan yuritila boshlagan. Bino oldidagi keng sahnli maydoncha ko’kalamzorlashtirilgan. 3 pog’onali, marmar bilan krplangan favvoralar ishlangan hamda Humo qushi tasviri tushirilgan (rassom B.Jalolov eskizi) yodgorlik o’rnatilgan. «T.»s.ga zinapoyalar orqali ko’tariladi. Bosh tarzi muqarnas bezakli. Binoning pastki qavatida kassa, texnik xizmat xonalari joylashgan.Vestibyulga kiraverishda Turkistonning tarixiy shaharlari panoramasi havo rangda, ba’zi qismlari sariq rangda aks ettirilgan. Yirikyirik qilib taxlangan qizil marmar tosh sirli sopol idishlar, o’simliklar bilan uyg’unlashtirilgan holda foyening chap qanotida dam olish burchagi tashkil qilingan. 2kavat vestibyul yon oynasidan B.Jalolovning «Umar Xayyom tushlari» asari o’rin olgan. Tomosha zali muqarnaslar, ganchkori bezaklar, tuxumsimon gumbaz va kundal naqshlar bilan pardozlangan. Yozgi teatr (3200 o’rinli) qad. teatr maydoniga xos uslubda qurilgan. Markaziy Arena qurilmasi kiya tirgak va chambarak toj shaklida bo’lib, dorboz va kurashchilarning chiqishlari uchun, zamonaviy tomosha va kontsertlar uchun moslashtirilgan. Yirik o’lchamli yorug’lik texnikasi va akustik jihozlar, maxsus me’moriy qurilmalar bilan jihozlangan. 200 o’rinli qahvaxonasi bor.