«Turkiston viloyatining gazeti»

«Turkiston viloyatining gazeti» — Turkistonda 1870 y.da rus istilochilari tomonidan nashr etilgan mahalliy tildagi ilk bosma gazeta. Turkiston generalgubernatorligining nashri. «Turkestanskie Vedomosti» gaz. ning O’zbekcha varianti. Dastlab shu gaz. ga ilova tariqasida chiqarilgan. 1883 y.dan mustaqil gaz. «T. v.g.»birmuncha vaqt (1872 y. iyulidan 1873 y.ning Fev. iga qadar) Peterburgda nashr etilgan. 1885 y.dan gaz.ning bir tomoni «Turkestanskaya tuzemnaya gazeta» nomida rus tilida chiqqan. Faoliyati 1917 y.da to’xtatilgan. «T. v. g.»ga 1871-1883 y.larda generalgubernator tarjimoni Shohimardon Ibrohimov, 1883 y. boshlarida MuhammadHasan Chanishev, 1883 y. o’rtalaridan 1917 y.ga qadar N.P.Ostroumov muharrirlik qilgan. Sahifalarida podsho Rossiyasining Turkistondagi mustamlakachilik siyosati targ’ib qilingan, mahalliy aholini «oq podsho» va uning Turkistondagi amal — dorlari amrfarmonlarini so’zsiz bajarishga undalgan. Gaz.da rasmiy materiallardan tashqari, paxtachilik, ipakchilik haqida, fan, texnika, adabiyot va san’atga doyr materiallar ham e’lon qilingan. Gaz.da Sattorxon Abdug’afforovning siyosiy publisistik makrlalari, Furqat va Muqimiyng’lpt ma’rifatga undovchi she’rlari va hajviy asarlari chop etilgan. Shuningdek, rus yozuvchilari I.A.Krilov, A.S.Pushkin, N.V. Gogol, I.S. Turgenev, L. N.Tolstoy asarlaridan ilk tarjimalar bosilgan. «T. v. g.»500-700 nusxada nashr etilgan. «T. v. g.»nusxalari Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston milliy kutubxonasida va O’zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida saqlanadi. Gaz.dagi materiallar 19-a. oxiri va 20-a. boshlarida Turkiston xalklari hayoti, madaniyatini o’rganishda muhim manba sanaladi. La.Avsharova M . N ., 18701917 yillarda Turkistonda rus vaqtli matbuoti, T., 1959; Ernazarov T.E., Turkistondavaqtli matbuot (1870— 1925),T., 1959; Ernazarov T.E., Akbarov A. I ., Istoriya pechati Turkestana, T., 1976; Abduazizova N ., Turkiston matbuoti tarixi (1870-1917), T., 2000.