Turkman tili
Turkman tili — turkiy tillardan biri. Asosan, Turkmanistonda, shuningdek, O’zbekiston, Tojikiston, Qozog’iston respublikalarining ayrim tumanlarida, RFning Stavropol o’lkasida, Afg’oniston, Turkiya, Eron, Iroq va b. mamlakatlarda tarqalgan. Turkmanistonning rasmiy tili. Utgan asr oxirlarida so’zlashuvchilarning umumiy soni 4,8 mln. (jumladan, Turkmanistonda 2,5 mln.dan ortiq, O’zbekistonda 130 ming, Afg’onistonda 400 ming, Eronda 300 mingga yaqin) kishidan iborat bo’lgan. Asosiy laxjalari: taka, yovmut, ersari, Go’klan, sariq, salir, chovdur va b. Stavropoldagi T.t. lahjasi truxmen tili deb ataladi. T. t. g’arbiy o’g’uz kabila (urug’) tillari negizida shakllangan, lekin rivoj — lanish jarayonida qipchoq guruhidagi turkiy tillarga xos xususiyatlarga ham ega bo’lgan. T.t.ning asosiy o’ziga xos belgilari: birlamchi (qad.) cho’ziq unlilarning mavjudligi, tishlararo talaffuz qilinadigan s VAZ undoshlarining (boshqa turkiy tillardagi odatiy s va 3 o’rniga) mavjudligi, lab undoshlari garmoniyasining rivojlanganligi; kelasi zamon gumon fe’li inkor shaklining r tugallanmali variantining (boshqa turkiy tillar uchun umumiy bo’lgan Mae shakli bilan birga) qo’llanishi va b. Leksikasida Arab, fors, rus tillaridan o’zlashgan so’zlar uchraydi. Eski adabiy T.t., asosan, she’riyat tili hisoblangan. Hoz. adabiy T.t. esa 20-a. ning 20-y.laridan Turkman lahjalarining taka lahjasi negizida birlashuvi natijasida shakllangan. 1928 y.gacha Arab, 1929-40 y.larda lotin, 1940— 90-y.larda rus grafikasiga asoslangan yozuvdan foydalanilgan. 1991 y.dan yana lotin fafikasi asosidagi yozuv joriy etildi.