TURKMANISTON-XUROSON TOG’LARI

TURKMANISTON-XUROSON TOG’LARI — Eronnint shim.Sharkiy va Turkmanistonning Jan. qismidagi tog’lar, g’arbda Elburs va Sharqda Paropamiz toglari oraligida. Uz. 600 km dan ziyod, eni 250 km. Bal. 1500-2500 m, eng baland joyi 3314 m (Kengzoshk cho’qqisi). Atrek va Koshafrud daryolarining bo’ylama cho’zilgan vodiy va soyliklari T, X.t.ni Kopetdog’va Nishopur tog’larita bo’lib yuborgan. Jan.da Alp geosinklinal oblastining shim. chekkasini tashkil etadi. T.X.t. Olatog’binalud megantiklinoriysi, KuchanMashhad pliosenantropogenning yotqiziklar qoplagan bukilmasi va Kopetdog’megantiklinoriysi mavjud bo’lgan yoysimon palaxsaliburmali sistemasidan iborat. Alpgacha bo’lgan asosi tokembriyning geosinklinal metamorfik jinslaridan, paleozoyning subplatforma va yuqori paleozoyning effuzivcho’kindi formasiyalaridan tuzilgan. T.X.T. seysmik faol zonada. Foydali qazilmalardan toshko’mir, polimetall rudalar, qurilish materiallari, tog’etaklarida gaz konlari topilgan.