Turkmanlar

Turkmanlar — xalq, Turkmanisg’yaoyaning asosiy aholisi (2537 ming kishi, 1990-y.lar o’rtalari). Shuningdek, O’zbekiston, Shim. Kavkaz, Astraxon viloyati va RFning bir nechta shaharlarida, Afg’oniston, Eron va Turkiyada yashaydi. Umumiy soni 4,6 mln. kishi. Turkman G’pilila so’zlashadi. Dindorlari — sunniy musulmonlar. T. ning etnogenezida mahalliy daxmassagetlar, shuningdek, sarmatlar, alanlar qabilalari, qisman qad. Marg’iyona, Parfiya va Xorazm davlatlari aholisi qatnashgan. 1ming yillik o’rtalarida Kaspiy bo’yi cho’llarida turkiy qabilalar, 9-a.da o’g’uzlar paydo bo’lgan. Ular T.ning etnogenezida muhim rol o’ynagan. O’g’uzlarning asosiy guruhi 11-a.da shim.sharqdan kelib, mahalliy aholi bilan aralashib ketgan. 15-a.da turkman elati shakllangan. 20-a.gacha T.da qabilaurug’larga ajralish saqlangan. Ulardan eng yiriklari: takalar, yovmutlar, ersari, solurlar, sariklar, gyoklan va choudorlar bo’lgan.