Turktoz

Turktoz — ot qo’yib, to’satdan hujum qilib talontoroj qilish usuli. Ushbu harbiy taktik usul, asosan, turkiy xalqlar tomonidan harbiy harakatlar chog’ida qo’llangan. T.dan asosiy maqsad g’anim qalbiga g’ulg’ula solish, shax.ar, qishloqlarga qo’qqisdan hamla qilish, dushman kuchlarini parokanda qilish, zarur bo’lganda, «til» olish, turli shakldagi o’ljani qo’lga kiritish va h.k. hisoblangan. T. aksariyat engil qurollangan, miqsoran uncha katta bo’lmagan suvoriy guruhlar tomonidan amalga oshirilgan. Mazkur amaliyotni bajaruvchi suvoriylar to’dasi Qoraxoniylar armiyasida aqinchi (selday tez keladigan, hujum qiladigan), Temuriylar qo’shinida chopqunch i , Shayboniylar lashkarida yurtovul istiloxlari bilan yuritilgan.