Turku, Abo

Turku, Abo — Finlyandiyaning Jan. Sharqiy qismidagi shahar. Turkupori lyanining ma’muriy markazi. Aholisi 172,1 ming kishi (2000). Boltik, dengizining Botnik qo’ltig’i sohilidagi port. Transport yo’llarining muhim tuguni. T.dan Shvesiyaga parom qatnaydi. Mamlakatning savdosanoat va madaniy markazi. Mashinasozlik (xususan, kemasozlik, elektronika), to’qimachilik, neftni qayta ishlash sanoati korxonalari mavjud. Unt, muzeylar bor. T. 12-a. o’rtalarida finlarning shvedlar egallagan savdo qishlog’i o’rnida bunyod etilgan. T. haqidagi ilk yozma ma’lumotlar 1154 y.ga oid Arab manbalarida uchraydi. 13- a. o’rtalaridan 1809 y.gacha shvedlar ma’muriyati markazi. 1809-12 (amalda 1819 y.gacha) T. — Finlyandiya Buyuk knyazligi poytaxti. Me’moriy yodgorliklardan roman sobori (13 — 15-a.lar) va qasr (1280, 16-17-a.larda qayta qurilgan) saklangan.