Turma, qamoqxona
Turma, qamoqxona — ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish muassasasinnnt bir turi. O’zbekiston Respublikasi JIK ga ko’ra, T. ga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilish jazoning muayyan qismi, lekin 5 y.dan ko’p bo’lmagan muddatga o’ta xavfli residivistlarga va og’ir yoki o’ta og’ir jinoyati uchun 5 y.dan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga nisbatan sud tomonidan tayinlanishi mumkin. Shuningdek, T.lar umumiy va qattiq tartibli koloniyalardan jazoni o’tash tartibini ashaddiy buzganlik uchun o’tkazilgan shaxslarni saqlashga mo’ljallangan. T.larda mahkumlar umumiy kameralarda saklanadi. Alohida hollarda mahkumning batamom ajratib qo’yilishini ta’minlash maqsadida muassasa boshlig’ining prokuror tomonidan tasdiklangan qarori asosida uni 1 kishilik kamerada saqlashga yo’l qo’yiladi. T.da mahkumlar belgilangan eng kam ish haqi miqdorining 75 foizigacha bo’lgan summaga oziq-ovqat maqsulotlari va eng zarur narsalar sotib olishlari mumkin. Ular har muddati 1 soatlik sayr qilish va yil mobaynida 2 marta qisqa muddatli hamda 1 marta uzoq muddatli uchrashuv, 2 marta telefon orqali so’zlashuv, 2 ta posilka yoki yo’kdov, shuningdek, 2 ta banderol olish huquqiga ega. T.larda mahkumlarni engillashtirilgan saqlash sharoitiga muddatdan oldin o’tkazishga yo’l qo’yilmaydi, mahkumni sog’lig’iga ko’ra tegishli tibbiy xulosa asosida o’tkazish hollari bundan mustasno. Homilador ayollar va yonida emizikli bolasi bor ayollar, shuningdek, 1 va 2guruh nogironlari T.larda jazoni engillashtirilgan saklash sharoitida o’taydilar.