Turontosh

Turontosh — Chayuniyon hukmdori (7-a. 2yarmi). Uning ismi Samarkanddagi Afrosiyob devoriy rasmlaridagi bitiklarda qayd etilgan. Ilk o’rta asrlarda Chag’oniyon viloyati Toxaristonga bo’ysunar edi. Toxariston esa, o’z navbatida, Turk xoqonligi (552-745) tarkibida edi. Bu paytda Toxaristonda xokrnlikka mansub turkiy yabg’ular sulolasi mavjud bo’lib, Toxaristonning aksariyat viloyat va tumanlarida turkiy hokimliklar vujudga kelgan edi. Xususan, Xitoy rohibi Syuan Szanning ma’lumot berishicha, 640-y.larda Chag’oniyonni turkiy hokim boshqarardi. Shuningdek, Tabariy 710-y. larda Chag’oniyonda shad unvonli turkiy hukmdor bo’lganligini qayd etadi. Bu esa 7-8-a.larda Chag’oniyonda turkiy sulola hukm surganligini ko’rsatadi. T. ismi ham turkiy bo’lib, u mazkur sulolaga mansub bo’lgan. Ad.: Pugachenkova G. A., Rtveladze E. V., Severnaya Baktriyatoxaristan. Ocherki istorii i kulturi. Drevnost i srednevekove, T., 1990.