Turoq

Turoq — bo’g’inlarning misralar bo’yicha takrorlanib kelgan muayyan bo’lagi. T. sillabotonik she’r tizimida urg’uli va urg’usiz bo’g’inlarning she’r o’lchovini belgilaydi. Barmoqtizimida she’r misralaridagi ritmik bo’lak hisoblanadi, she’rning ritmini, musiqiyligini vujudga keltiradi. T.lar aruzda rukn deb yuritiladi; ruknlar hijolarning miqdori va sifatiga qarab xarakterlanadi. She’riy misralar ikki, uch va undan ortiq T.dan tashkil bo’ladi. Barmoq vazni she’rlaridagi xar bir misrada 2-3 T., har bir T.da 2-3-4 va undan ortiq bo’g’in bo’ladi. T. lar misrada 2 katta guruhga bo’linib keladi, buning natijasida bosh T. paydo bo’ladi. Quyidagi misolda bosh T. 2 chiziq bilan ko’rsatilgan: Dare to’lqin, G’suvlar toshqin o’tolmayman, otim oriq, manzilimga etolmayman. Otginamni/oriq qilgan — shu mayda tosh, Rangginamni/sariq qilgan—shu qalam qosh. (O’zbek xalq qo’shig’i).