Tursunboev Abdumutal

Tursunboev Abdumutal (1856— Toshkent—1930) — yog’och o’ymakori, duradgor. Hunarni usta Toshpo’lat Ayyubxo’jaevsgsh o’rgangan, ayniqsa, pargari naqsh usulini puxta egallagan. 19-a. oxirlaridan Toshkentda ochilgan mebel ustaxonalarida ishlagan rus ustalari ta’sirida mebellarni bo’rtma tasviolar va kadama (inkrustasiya) usulida sadaf, suyaklar bilan bezab, shkaf va jovon ustasi sifatida tanilgan, milliy yog’och o’ymakorligini yangi usul bilan boyitgan. T. tayyorlagan va bezagan buyumlar ko’pgina ko’rgazmalar (jumladan, Moskvada uyushtirilgan 1butun Rossiya Q.x. va sanoati ko’rgazmasi va b.)da namoyish etilgan, yuksak mukofotlar bilan taqdirlangan. T.ning ishlaridan namunalar respublika va xorijiy mamlakatlar muzeylarida saklanadi.