Turunj

Turunj (Arabcha — limon) — naqsh turi; hoshiya va asosiy maydondan tuziladigan naqsh mujassamoti markaziga ishlanadi. Shakli limonga o’xshaganligi uchun shunday atalgan. Naqqoshlik taraqqiyoti davomida Turunj shakl jihatidan boyib va mukammallashib borgan: tuxumsimon, doyra, romb, 5— 10 va undan ortiq qirrali yulduz shakllari ko’p uchraydi. Markaziga Turunj, chetiga ruta va boshqa hoshiya naqshlar ishlanadigan to’rtburchakli mujassamot keng tarqalgan. Turunj axtasn qog’ozni 4, 8, 16 ga buklab, bir bo’lagiga naqsh chizib tayyorlanadi; so’ng naqsh bezatiladigan sirtga tushiriladi. Amaliy bezak san’atining barcha sohalari (naqqoshlik, gilamchilik, ayniqsa, zardo’zlik va boshqalar)da keng qo’llanadi.