Tuyamo’yin Dashti

Tuyamo’yin Dashti — Andijon va Farg’ona viloyatlari hududidagi dasht. G’arbda Muyan va Arsif, shim.da Qorachatir tizmalari, sharkda Ulug’tog’, Jan.da Qizilqiya adirlari oralig’ida. Geologik jihatdan adirlar oralig’idagi botiq. Uz. 36-38 km, eni 28 km. Paleozoy, mezozoy va kaynozoy yotqiziqlari keng tarqalgan. 1-5 km chuqurliqda bo’r davri yotqiziqlari uchraydi. Ustki qismi toshshag’al jinslardan tuzilgan. G’arbga tomon qiya. Iqlimi kontinental. Iyulning o’rtacha trasi 28°, eng yuqori tra 40°. Qishi iliq, yanv.ning o’rtacha trasi -2°, eng past tra -16°. Vegetasiya davri 180 kun. Yillik yog’in 200-250 mm, asosan, bahor oylarida yog’adi. Tuprog’i tipik bo’z tuproq. O’simliklari shuvoq, burgan hamda efemerlardan iborat. Dashtning o’zlashtirilgan qismida tamaki, makkajo’xori ekiladi, bog’dorchilik bilan shug’ullaniladi.