TUZ KO’LI

TUZ KO’LI — Anadolu yassitog’ligidagi oqmas sho’r ko’l, Turkiyada. Dengiz sathidan 899 metr balandlikda joylashgan. Maydoni qish va bahor oylarida 1600-2500 kilometr kvadrat, chuqurligi 2 metrgacha. Yozda qurib qoladi va ko’l tubi 2 metrgacha qalinlikda tuz bilan qoplanadi. Suvining 34% hajmi tuz (asosan, №S1)dan iborat. Ko’ldan osh tuzi olinadi. Janubiy va g’arbiy qirgoqlari yaqinida sho’rxoklar bor.