TUZILISHINI QAYTA КО‘RIB CHIQIB O’ZGARTIRISH
TUZILISHINI QAYTA КО‘RIB CHIQIB O’ZGARTIRISH — obyektiv shartsharoitlar taqozosi bilan paydo bo’lgan konkret muammoni pozitiv tarzda hal etish maqsadida biron-bir narsaning tashkiliy tuzilishini muayyan parametrlarga (muddati, vazifasi, ko’lami, xarajatlar va xokazo) qarab o’zgartirish. Inqiroz xavfining oldini olishga yo’naltirilgan boshqaruvning o’ziga xos uslublaridan biri (bu o’rinda mavjud qarzdorlikning, korxona, moliyaviy tizim, texnologiyalar va personalning tarkibiy tuzilishini qayta ко’rib chiqib, o’zgartirish).