Tuzkon madaniyati
Tuzkon madaniyati – neolit davrida baliq ovlash, ovchilik va terimchilik bilan shug’ullangan qabilalar madaniyati (mil. AV. 4—3ming yillik). Tuzkon manzilgohlari Mohondaryo arxeologiya ekspedisiyasi a’zosi O’.I. Islomov tomonidan topib o’rganilgan (1960-61). Mohondaryo Zarafshon daryosining qad. o’zani bo’lib u Buxoroning Qorako’l tumani orqali Qizilqumdan o’tib Amudaryoga quyilgan. U o’z yo’lida bir qancha ko’llar hosil qilgan. Neolit odamlari shu ko’llar atrofida manzilgohlar qurishib shu erda hayot kechirishgan. Bu erdan 36 ta manzilgoh topilib, shundan 2 tasida madaniy qatlamlar va chayla qoldiqdari topilgan. Keyingi jez davriga kelib Mohondaryo suvlari kamayib, hosil qilingan ko’llar tuzkonlarga aylangan. Hozir bu joylar kichik Tuzkon va katta Tuzkon makonlari nomlari bilan yuritiladi (q. Kaltaminor madaniyati, Darvozaqirliklar chaylasi).