Tuzlar

Tuzlar — kimyoviy birikmalar sinfi; oddiy sharoitda ionli tuzilishga ega bo’lgan kristall moddalar. Elektrolitik dissosiasiya nazariyasiga muvofiq, T. eritmada musbat zaryadlangan ionlar — kationlar (asosan, metallar) va manfiy zaryadlangan iondar — anionlarga dissosilanadigan kimyoviy birikmalardir. T. quyidagi turlarga bo’linadi: o’rta (yoki neytral) T., nordon (yoki gidro) T., asosli (yoki gidrokso) T., aralash T., qo’sh T., kompleks T. — natriy sulfat, K4R2O7 — kaliy pirofosfat, CH3COONa — natriy atsetat. Nordon T. g’osil bo’lganida kislotadagi vodorod atomlari metallga batamom almashinmaydi: mas., NaHSO4 — natriy gidrosulfat, sa(NSO3)2 — kaltsiy gidrokarbonat. Asosli T. hosil bo’lganida asosning barcha gidroksil guruxlari metallga to’liq almashinmaydi: mas., ZnOHCl — pyx gidroksoxlorid, [Fe(OH)2]SO4 — temir (P)gidroksosulfat. Asosli T.dan tashqari oksotuzlar .g’am ma’lum. Ular asosli T.ni suvsizlantirish natijasida olinadi; mas., magniy gidroksoxlorid MgOHCl suvsizlantirilsa, magniy oksoxlorid MgOCl2 hosil bo’ladi. Aralash T. — asos gidroksidlarining boshqaboshqa kislota krldiklariga almashinishi natijasida hosil bo’ladigan mahsulotlar, mas., Sa(on)2 dagi on~ guruxlarining birini xlor ioni S1~ ga, ikkinchisini Syu» ga almashtirilsa, aralash T. Sa(OS1) S1 kelib chiqadi. Qo’sh T. — biror kislotadagi vodorod atomlarining turli metallarga almashinish mahsulotlari; mas., KNaCO3, KA1(SO4)2. Bularni Na2CO3K2CO3, K2SO4A12(SO4)3 shaklida ham yozish mumkin. Agar biror qo’sh T. garkibidagi metallardan biri anion tarkibiga kirsa, bunday qo’sh T.ni kompleks T. deb qarash kerak; mas., agar KClMgCl2 tarkibidagi magniy metali anion tarkibiga kirsa, K [MgCl3] shaklli kompleks T., 3NaFAlF3 tarkibidagi alyuminiy metali anion tarkibiga o’tsa, Na3[AlF6] shaklli kompleks T. kelib chiqadi. Umuman qo’sh T. bilan kompleks T. orasida anik, chegara yo’q: qo’sh T. asidokomplekslar jumlasiga kiritiladi. T. lab. usulida kislota va asoslarni bir-biriga ta’sir ettirib olinadi. T.ning tavsifli xossalaridan biri uning qutbli eritmalarda, ayniqsa, suvda eruvchanligidir. Tabiatda T. ko’l, dengiz va okean suvlariga yig’ila boradi. Suv havzalari quriganida o’sha joylarda osh tuzi (NaCl) va boshqa T. konlari paydo bo’ladi. O’zbekiston va Qozog’iston hududlaridagi tuz konlari 1943-48 y.larda ilk o’zbek kimyogarlaridan S. Muqimov (1899-1956) rag’barligidagi ilmiy ekspedisiya tomonidan o’rganildi. «Dengizko’l» (Buxoro), «Tuzkon» (Jizzax), «Sho’rkon» (Farg’ona), «Xo’jakon» (Surxondaryo) sho’r suv havzalarining mineral, tuzli eritmalarning gidrokimyoviy tarkibi, tuzli qatlamlarning hosil bo’lish qonuniyatlari aniklandi. Bu havzalar osh tuzi bilan bir katorda qimmatli natriy sulfat, shuningdek, kaliyli, magniyli va bromli T.ga boy ekanligi, tuzli qatlamlarda natriy xloriddan tashqari, tarkibida magniy va natriy bo’lgan astraxonit va eleolit ko’rinishidagi minerallar borligi ko’rsatib beriddi. Tajribalar natijasida tuzli konlardan amalda foydalanish, tuzli eritmalar va suv havzalari tubidagi balchikdarni mahalliy shifoxonalarda muolajalar uchun qo’llash tavsiya etildi. T. tabiat va texnikada juda katta ahamiyatga ega. T. hayvon va o’simlik organizmining muhim tarkibiy qismidan biri. Osh tuzi qadim zamonlardan beri ovqatga ishlatib kelinadi. Tibbiyotda ham turli T. ishlatiladi. Metallurgiya, shisha, to’qimachilik, ko’n, lokbo’yoq sanoatlarida, qishloq xo’jaligi va b. sohalarda T. keng qo’llanadi. Ba’zi T. (mas., ammoniy nitrat, kaliy nitrat, kaliy sulfat) mineral o’g’itlar sifatida ishlatiladi. Mukimov S. M ., Issledovanie vzaimodeystviya v rasplavax sulfatov natriya, Kaliya, magniya i kaltsiya (v soavtorstve), T., 1949;Parpiev N. A.,Muftaxov A. F., Rahimov H. R., Anorganik kimyo [3 qism], T., 2000-2003. Rustam Ma’rupov.