Tyanshan tog’i haqida eshitganmisiz?
Tyanshan tog’i haqida eshitganmisiz? – O’zbekiston SSR, Qirg’iziston SSR, Qozog’iston SSRda. Tog’ni mahalliy xalq turlicha ataydi. Tog’ning Qungay tog’, Olatov, Ketmon tog’, Holiqtog’, Qorlitov kabi nomlar shunday vujudga kelgan. Tyanshan nomi faqat rasmiy hujjatlardagina mavjud. G.Miller bu tog’ni Muztog’ tizmasi deb yuritadi. N.I.Potanin esa Qirg’iz Olatovi deb ataydi. Mahalliy aholi tog’ni dastlab Tangritog’ deb atagan. Mo’g’ul tilidagi Tangriola ham turkiycha nomning tarjimasidir. Demak, Tyanshan – “baland, osmon o’par tog’” ma’nosida.



