Tyulenlar, quloqli tyulenlar, haqiqiy tyulenlar

Tyulenlar, quloqli tyulenlar, haqiqiy tyulenlar (Phocidae) — kurakoyoqlilar turkumiga mansub sut emizuvchilar oilasi. Haqiqiy T.da quloq suprasi bo’lmaydi. Oyoklari nisbatan kalta, quruqlikda harakatlanishda ishtirok etmaydi. Junlari dag’al, tivitsiz. T. 13 urug’ [yo’lyo’l T., Grenlandiya T.i, dengiz quyonlari (g’ar bir urug’da bittadan tur), nerpalar, dengiz monaxlari, dengiz fillari] va 18 turni o’z ichiga oladi. Subtropikdan shimolgacha bo’lgan barcha dengizlarda hamda Antarktikada tarqalgan. Monax T. tropik dengizlarda uchraydi. Asosan, qirg’oqqa yaqin yashaydi. Ayrim turlari ichki suv havzalarida tarqalgan. Ko’pchilik turlari migrasiya qiladi. Ayrim turlari ovlanadi. Oddiy tyulenning uz. 1,6—1,8 m, vazni 80-100 kg; uzok, Sharq kenja turning bolasi uzun va mayin oq yungli. Boshqa kenja turlari tug’ilgan bolasining yungi qora. Voyaga etgan T. yungi krram-tir-kulrang dog’li. Atlantika va tinch okean havzasida tarkalgan. Muz ustida va sohilda bolalaydi. Asosan, baliqdar bilan oziqlanadi.