Tyumen

Tyumen — RF Tyumen viloyatidagi shahar, viloyat markazi. Tura daryosidagi port. T.y. tuguni. Aholisi 501,4 ming kishi (1998). T. Sibirda ruslar egallagan dastlabki shahar, 1586 y.da mo’g’ullar shahri chingi tura o’rnida (14-a.dan ma’lum) vujudga kelgan. 1709 y.dan Sibir gubernyasi, 1782 y.dan Tobol noibligi tarkibida. 17-a.dan T. Sibir bilan Xitoy savdo yo’lidagi muhim tranzit punkti. 19-a. ning 40-y.larida Sibirda dare paroxodchiligi ochilishi va 1885 y.da Ekaterinburg — T. temir yo’l qurilishi munosabati bilan T.ning iqtisodiy ahamiyati o’sdi. 19-a.ning 2yarmida T.da kemasozlik, o’rmon va baliq sanoatlari, gilam to’qish keng rivojlandi. Shahar orqali don, un, ko’n va b. tashildi. Muhim sanoat tarmoklari: mashinasozlik va metallsozlik (motorsozlik ishlab chiqarish. birlashmasi; kemasozlik, mashinasozlik, priborsozlik, stanoksozlik, «Neftemash» va b. zavodlar), yog’ochsozlik, kimyo, engil, oziq-ovqat sanoatlari, qurilish mashinalari, plastmassa, tibbiyot asbobuskunalari korxonalari va b. zdlar ishlab turibdi. Kamvolmovut kti, po’stinmo’yna, yigiruvto’r to’qish, gilam, tikuvchilik, poyabzal fkalari bor. 1960 y.da elektr issiqlik markazi ishgatushirilgan. T. — neftgaz qazib olish sanoati markazi. T.dan neft quvurlari o’tgan. Shaharda 6 oliy o’quv yurti (shu jumladan, unt), 2 teatr, o’lkashunoslik muzeyi (1879 y.da tashkil qilingan), geol., neft va gaz muzeyi, kartinalar galereyasi faoliyat ko’rsatadi.