Ubaydullayev Mamatxon
Ubaydullayev Mamatxon (1925.3.3, Namangan) — O’zbekiston xalq artisti (1982). 1943 yildan Namangan viloyat musiqali drama va komediya teatrida ishlaydi. «Og’riq tishlar»dagi Mamarasul, «Otello»da Yago, «Maysaraning ishi»da cho’pon, «ona qalbi»da Erkin, «Shubha»da Haydar, «Qirol Lir»da graf Emond, «Nurxon»da Mamat, Hoji, «Tohir va Zuhra»da Qorabotir, «Hamlet»da Hamlet, «sarvqomat dilbarim»da Ilyos, «Ezop»da Ksaf, «Aziz va sanam»da Junaidxon kabi rollarni o’ynagan. Qahramonlarini nozik psixologik kechinmalar orqali ifoda etish, nutq va harakatlarning rang-barangligi, kuchli temperament Ubaydullayev ijodining yetakchi xususiyatlaridan. «El-yurt hurmati» ordeni (1998), «Shuxrat» medali (1993) bilan mukofotlangan.
O‘xshash so‘zlar
- UBAYDULLAYEV AHADJON
- Ubaydullayeva Ma’rifat
- Ubaydullayeva Ra’no Axatovna
- UBAYDULLAYEV ABDULLA MUHARRAMOVICH
- Ubaydulloh ibn Ziyod
- Uch avliyo majmuasi
- Uch jism masalasi
- Uch shoxli nerv










