Ubaydullayeva Ra’no Axatovna
Ubaydullayeva Ra’no Axatovna (1936.4.11, Toshkent) — iqtisodchi olima, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (2000), iqtisod fanlari Doktori (1976), professor (1981). Toshkent moliya-iqtisod institutini tugatgan (1958). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Iqtisodiyot institutida laborant (1958— 60), aspirant (1960-63), kichik ilmiy xodim (1963— 64), katta ilmiy xodim (1964-66), bo’lim boshlig’i (1967-78; 1992-93), direktor o’rinbosari (1978— 90) bo’lib ishlagan. 1993 — 97 yillarda O’zbekiston Respublikasi mehnat vaziri o’rinbosari. 1998 yildan «ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o’rganish markazi direktori. Ilmiy ishlari O’zbekistonda mehnat resurslaridan, xususan, ayollar mehnatidan foydalanishning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari, oila, aholishunoslik, jamoatchilik fikrini o’rganish va boshqa masalalarga bag’ishlangan. As: jenskiy Trud v selskom xozyaystve Uzbekistana, T., 1969; Trudovie resursi Uzbekistana, T., 1970 (v soavtorstve); Strukturnaya preobrazovaniya v ekonomike i zanyatost jentshin. T., 1996; Mehnat iqtisodiyoti va sosiologiyasi (o’quv qo’llanma), T., 2001.