Uchar baqalar
Uchar baqalar (Rhacophorus) dumsiz amfibiyalar urug’i, kurak oyoqlilar oilasiga mansub. Uzunligi 6-10 santimetr, 18 turi Janubiy va Janubiy Sharqiy Osiyo, Yaponiyada tarqalgan. Daraxtlarda yashaydi; barmoqlari orasida pardasi bor. Barmoqlarini keng yoyganida yuzasi 20 sm2 gacha yetadi. Uchar baqalar daraxtdan daraxtga yoki yerga 10— 12 metrgacha sakrashi mumkin. Tanasi ochiq rangli, ko’pincha yashil tusda. Urg’ochisi, odatda, yirikroq bo’lib, ko’payish davrida erkagi olib yuradi. Tuxumlarini suv ustidagi barglar orasiga qo’yadi; ayrimlari qorin qismiga yopishtirib oladi.