Ost-Indiya va zond arxipelagida yashaydigan uchar kaltakesaklar g’oyat go’zaldir. Uning yaltiroq boshi qo’ng’ir tusda, yelkasi och qizil, «qanotlari» qora yo’l-yo’lli va xoldor. Kaltakesaklarning hammasi daraxtlarda yashaydi, ehtiyoj sezmasa, o’z ixtiyorlari bilan hech qachon yerga tushmaydi. Daraxtlarning qalin barglari orasida, onalari qo’ygan qobiqlar tirqishidagi tuxmlardan ochib chiqadi va kuni bitgunga qadar mana shu yerda yashaydi. Kaltakesaklar ola-bula tusi bilan daraxtlar orasida ko’rinmaydi, ustiga-ustak balandda yashaydi. Ular bu yerda deyarli qimirlamay o’tiradi, bordiyu o’lja (qandaydir hasharot, qo’ng’iz yoki kapalak) uchib yurganini ko’rib qolsa, kaltakesak qanot qoqib, olisga sakraydi va o’ljasini uchib borayotgan holda tutib oladi, so’ng yana novdaga kelib qo’nadi. Shu tariqa, kaltakesak 5-6 metrga «uchib bora oladi». Kaltakesaklarning kattaligi har xil, ammo 21 santimetrdan oshmaydi, uning ham 12 santimetri uzun va ingichka dumiga to’gri keladi.
Avtomat oxur nimani anglatishini bilasizmi
Avtomatika nimani anglatishini bilasizmi
Avtoliz, autoliz nimani anglatishini bilasizmi
Avtogamiya nimani anglatishini bilasizmi
Avtofertil o’simliklar nimani anglatishini bilasizmi
Avstraliya merinosi nimani anglatishini bilasizmi
Avtoreftil nimani anglatishini bilasizmi
Avokado, alligator noki nimani anglatishini bilasizmi
Avliyoota qoramol zoti nimani anglatishini bilasizmi

