Ueller (Weller) Tomas Xakl

Ueller (Weller) Tomas Xakl (1915. 15.6 — Ainarbor, Michigan shtati) — amerikalik vrachvirusolog. Amerika Fan va san’at akademiyasi, AQSh milliy Fanlar Akademiyasi a’zosi (1964). Michigan universitetini tugatgan (1936), fan Doktori (1940). Bostondagi Garvard tibbiyot maktabida, bolalar kasalxonasida, Pediatriya markazida (1936-47), Garvard sog’liqni saqlash maktabida ishlagan. 1954 yildan tropik tibbiyot bo’limi boshlig’i va professor). Ilmiy faoliyati parazitologiya, tropik tibbiyot, bakteriologiya, suvchechak, uchuq, tsitomegaliya, poliomielit viruslari kulturasiga oid. F. Robbins va J. Enders bilan hamkorlikda poliomielit virusi neyrotrop emasligini va viruslar yetishtirishda hujayralar kulturasi usulini ishlab chiqqan, bu virusologiyaning tez rivojlanishiga imkon berdi. Nobel mukofoti laureati (1954; F. Robbins va J. Enders bilan hamkorlikda).